
Egor Krimets:Ertangi o‘yinda ko‘p narsa hal bo‘ladi
Unda "sherlar" ustozi Shota Arveladze va jamoa himoyachisi Egor Krimetslar ishtirok etishdi.
"Ertangi o‘yinda ko‘p narsa hal bo‘ladi. Bizga faqat g‘alaba kerak, qolgan barcha natija bizni qiyin ahvolga solib qo‘yadi. Muxlislardan faol bo‘lishlarini so‘rab qolardim. Tehronda bizga qarshi o‘yinda stadionda ajoyib muhit yuzaga keltirishgandi. Endi raqib ham buni o‘zida his qiladigan holat etib keldi. Ishqibozlarning bizga ruhiy ko‘mak berishlariga umid qilaman", - deb Krimetsning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub matbuot xizmati.
Fikrlar