
Ektor Kuper: Bugun bizga Saloh etishmadi
Xabaringiz bor bugun JCh-2018ning “A” guruh 1-turida Misr 1:0 hisobida Urugvayga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Uchrashuvdan so‘ng mag‘lub jamoa ustozi Ektor Kuper o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Bugun ajoyib o‘yin o‘tkazdik deb hisoblayman. Nima qilish kerak bo‘lsa barchasini qildik. Lekin, gol o‘tkazib yuborganimiz alamli albatta. Urugvay -kuchli jamoa.
Uchrashuv davomida bizda ko‘plab yaxshi hujumlar bo‘ldi, lekin ularni yakunlaydigan futbolchi etishmadi. Shubhasiz, Saloh etishmadi. Ertaga Grozniyga qaytamiz va Rossiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishni boshlaymiz. Lekin, undan oldi bugungi o‘yinni tahlil qilib chiqamiz”, - deydi Kuper.
Fikrlar