
EL. 7 ta gol urilgan o‘yinda "Marsel" "Ayaks" ustidan g‘alaba qozondi. Obameyangdan xet-trik
Evropa ligasining 5-turidan o‘rin olgan "Marsel" - "Ayaks" uchrashuvi 4:3 hisobida tugadi.
O‘yinda Obameyang xet-trik qilgan bo‘lsa, Mbemba o‘z hisobida bitta gol yozdirib qo‘ydi. Mehmonlar tarkibidan Brobbi dubl va Akpom bir marta darvozani ishg‘ol qildi.
Shu tariqa, Frantsuzlar pley-off masalasini hal qildi. "Ayaks" esa 2 ochko bila 4-o‘rinda qolib ketdi.
Fikrlar