
EL. Di Mariyaning dubli "Benfika"ga g‘alaba olib keldi, "Milan"dan esa yirik g‘alaba
Evropa ligasi 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
"Benfika" - "Tuluza" 2:1
Jumladan, "Benfika" o‘z maydonida "Tuluza"ni qabul qildi. Di Mariya 68-daqiqada penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, biroz o‘tib Desler bellashuvda muvozanatni tikladi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarning sakkizinchisida argentinalik yana 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirdi va Portugaliya klubi dastlabki bellashuvda g‘alabani qo‘lga kiritdi.
"Milan" - "Renn" - 3:0
"Milan" ham o‘z maydonida o‘yin o‘tkazib, yirik g‘alabani tantana qildi. Boshqa bir frantsuz klubi "Renn"ga qarshi bellashuvda "rossonerilar" raqib darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi. Loftus-Chikning dubli, shuningdek, Leau tomonidan kiritilgan gol Milan jamoasiga javob uchrashuvi oldidan katta ustunlikni ta’minlovchi g‘alabani taqdim etdi.
Fikrlar