
EL. "Milan" va "Marsel"dan g‘alaba. "Vest Xem" esa mag‘lubiyatga uchradi
Evropa ligasi nimchorak finalidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuvlar o‘z nihoyasiga etdi.
Gollarga boy o‘tgan "Milan" - "Slaviya Praga" uchrashuvida milanliklar 4:2 hisobida zafar quchdi. O‘yinda Jiru, Reynders, Loftus-Chik va Pulishichlar bittadan gol urishgan bo‘lsa, Doudera va Shrantslar javob qaytarishdi.
"Milan" 4:2 "Slaviya Praga"
"Frayburg" o‘z maydonida "Vest Xem"dan ustun keldi. Yagona gol esa 81-daqiqada Gregorich tomonidan kiritildi.
"Frayburg" 1:0 "Vest Xem"
"Marsel" "Vilyarreal"ni ayab o‘tirmadi. Jamoa mehmonlar darvozasiga javobsiz 4 ta gol urishdi. Obameyang dubl qilgan bo‘lsa, Veretu o‘z nomini bir marta tabloga yozdirib qo‘ydi. Shu bilan birga, Moskera ham o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.
"Maresel" 4:0 "Vilyarreal"
"Benfika" - "Reynjers" uchrashuvida kuchlar teng keldi. Lavrense hisobni ochdi, Di Mariya imkoniyatlarni tenglashtirdi, Sterling esa jamoasini yana oldinga olib chiqdi. 67-daqiqaga kelib Goldsonning avtogoli orali portugaliyaliklar mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.
"Benfika" 2:2 "Reynjers"
Fikrlar