
EL: Pol Pogbaning goli "Manchester Yunayted"ni chorak finalga olib chiqdi
Evropa ligasi nimchorak final javob uchrashuvida "Manchester Yunayted" "Milan" mehmoni bo‘ldi va muhim g‘alabani (1:0) qo‘lga kiritdi.
O‘yin tengkurashlar ostida kechdi. Birinchi taymda jamoalar hujumlarni golga aylantira olishmadi. 49-daqiqada Pol Pogba o‘tkir burchakdan darvozaning yaqin burchagini aniq nishonga oldi. Qolgan daqiqalar mobaynida darvozalarga boshqa gol kiritilmadi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng MYu ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (2:1), chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
O‘yin saytimiz orqali matnli translyatsiya qilindi.
Fikrlar