Eldor Shomurodov: Guruhda 1-o‘rinni egallash uchun harakat qilamiz

  • 17 iyul, 2019, 17:51
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda joylashgan Osiyo futbol konfederatsiyasi bosh qarorgohida Jahon chempionati-2022 hamda Osiyo kubogi-2023 musobaqalari ikkinchi saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ikkinchi saralash bosqichining “D” guruhidan o‘rin oldi. Guruhda terma jamoamizga Saudiya Arabistoni, Falastin, Yaman hamda Singapur termalari raqiblik qiladi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov qur’a natijalari xususida O‘FA rasmiy saytiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

- Guruhimizdan o‘rin olgan terma jamoalar orasida kuchsizlari yo‘q, deb  o‘ylayman. Hamma o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadga erishish uchun harakat qiladi. Barcha o‘z mamlakati sha’ni uchun o‘ynaydi. Bu esa o‘yinlar oson o‘tmasligini anglatadi. Lekin barchasi o‘zimizga bog‘liq, deb hisoblayman. Chunki agar har bir o‘yinga jiddiy hozirlik olib borsak va maydonga har gal yaxshi ruhiy tayyorgarlik bilan tushsak, har qanday raqibni mag‘lub etishga kuchimiz etadi, deb o‘ylayman. Nasib etsa, ushbu saralash bosqichi yakunida guruhda 1-o‘rinni olishga harakat qilamiz, - dedi mahoratli hujumchi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ynus Qulmurodov
17/07/2019 22:40
Факат олга ва гол фудболчиларимиздан шуни истаб коламиз сизларга омад Жаноб Купер энди резултат керак хамма гаплар айтилиб булди
Абдусамат Жураев
17/07/2019 18:28
Элдор Одил Азиз Тургунбоевлари бор терма факат биирринчи булиш керак
&
Surxon turon
17/07/2019 18:18
Омад Елдорга