Eldor Shomurodovga Italiya chempionatida etishmayotgan jihat. "Yuventus"dek jamoa qiziqqan hujumchiga bu kamlik qiladi

  • 7 mart, 2021, 23:20
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Jenoa" safarda "Roma" bilan kuch sinashdi. Bellashuvda rimliklar 1:0 hisobida zafar quchishdi. Eldor Shomurodov ikkinchi taymda zaxiradan maydonga tushdi.

Tecno

Genuyaliklar ustozi Davide Ballardini jamoaga kelgach, avvaliga hamyurtimizga ishonch bildirib, asosiy tarkibdan joy berdi. U ham imkoniyatdan foydalandi. Keyin Davide Ballardini katta o‘yinlarda Shomurodovdan yashirin qurol sifatida foydalanishga o‘tdi. Raqib biroz charchaganda ikkinchi bo‘limda maydonga tushirayotgandi. Chunki hujumchimiz ancha tezkor va qarshisidagi o‘yinchilardan qochib ketishni qoyillatardi hamda sheriklarini qulay vaziyatga olib chiqardi. Eldor hujum chizig‘ida Mattia Destro bilan yaxshi juftlik hosil qilayotgandi. Biroq...

EtzNFU2XMAAFZbs

Biroq Shomurodov oxirgi uchrashuvlarda o‘zini ko‘rsata olmayotgani bois zaxiradan o‘yinga qo‘shiladigan bo‘lib qoldi. Uning harakatlari avvalgilariga o‘xshamayapti, bizning nazarimizda (siz boshqacha fikrda bo‘lishingiz ham mumkin). Balki shu bois murabbiy uni asosiy tarkibga qo‘ymayotgandir yoki Ballardini tarkibda rotattsiyalarni amalga oshirgani natijalar yomonlashishiga olib keldi. Yurgen Klopp ham "Liverpul"ning hujumida bir yaxshi o‘ynab turgan uchlikni o‘zgartirdi, natijalar salbiy ko‘rinishga keldi...

Umuman olganda, O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisiga A Seriyada barqarorlik etishmayapti. Eldorda tezlik va yaxshigina texnika bor. Futbolchilarni qanday aldab o‘tishni biladi. Ammo muhim bahslarda u o‘yinga qo‘shilib keta olmayapti, bunday uchrashuvlarda toblanmagani pand bermoqda. Buni "Jenoa"ning kuchli jamoalarga qarshi o‘yinlaridan bilib olsak bo‘ladi.

131895634_4147684591909096_383121433571040860_o_1_1

Misol uchun birinchi davradagi "Inter" va "Yuventus" bilan bellashuvlarda zaxiradan tushirildi,  "Atalanta", "Latsio", "Milan" kabi grandlarga qarshi to‘qnashuvlarni to‘liq o‘tkazmadi yoki zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.

Albatta, Shomurodovning salohiyatiga hech qanday shubha yo‘q. Biroq "Yuventus"dek jamoa qiziqqan hujumchi kamida o‘z klubida to‘purar bo‘lishi kerak. Uning hisobida A Seriyadagi gollar soni 3 tani tashkil qilmoqda. U gol urgan jamoalar "Parma", "Sassuola" hamda "Verona".

To‘g‘ri, Shomurodov har doim gol urmasa-da, ayrim bahslarda assistentlik qilmoqda. Bu jihatini e’tirof etish darkor. Ammo biz Shomurodovdan ko‘prog‘ini kutishga o‘rganib qoldik.

RTX8FW5N

Evropada barqarorlik juda muhim. Asosiy tarkibga kirishda ham, katta jamoalarga o‘tishda ham. Bu Eldorning qo‘lidan keladi. Mehnatkash, o‘z ustida ishlashdan to‘xtamaydigan va eng asosiysi yulduzlik kasaliga chalinmaydigan futbolchi! Biz uning yana avvalgi gollik seriyasiga qaytishida omad va zafarlar tilab qolamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Дилшод Даврлнов
08/03/2021 13:18
Eldor rafiqasiga kup mehir bereaptimi deman Eldorda harakatchanlik susaegan Eldor fudbolda golni uela gol urish kerak Fudbolda gol ha gol