Eldor Shomurodovning "Jenoa"ga transferi amalga oshmasligi mumkin. Hamyurtimiz Riberining jamoadoshiga aylanadimi?

  • 30 sentabr, 2020, 22:31
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodovning "Jenoa"ga o‘tishi amalga oshmasligi mumkin. Bu haqda metaratings.ru sayti xabar berdi. 

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, «Jenoa» sport direktori Daniele Fadjiano «Rostov» hujumchisi Eldor Shomurodovning transferini tasdiqlashiga qaramay, hamyurtimiz bu jamoaga o‘tmasligi mumkin. Chunki A seriyaning yana 2 klubi "Verona" va "Fiorentina" Eldor Shomurodov uchun 10 million evrogacha "Rostov"ga taklif qilishga tayyor.

Shu bilan birga, "binafshalar" futbolchi uchun summani birdaniga to‘liq holda, "Verona" va "Jenoa" esa faqat bo‘lib to‘lamoqchi. Bunday vaziyatda genuyaliklarning taklifi eng maqbul ko‘rinishga ega emas, shuning uchun futbolchi "Jenoa"ga o‘tmasligi mumkin.

Voqealar rivojini kuzatamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!