Eldor Suyunov: "Neftchi" haqida ko‘p narsalar bilaman"

  • 6 yanvar, 14:01
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Neftchi" safiga kelib qo‘shilgan darvozabon Eldorbek Suyunov kichik intervyu berdi.

- "Neftchi" klubi haqida nimalarni bilasiz?

-Neftchi boy tarihga ega jamoa.Vodiy xalqi hayotida futbol qanchalar muhim va e’tiborli  ekanligini yaxshi bilaman. Muxlislar futbolni qancha yaxshi ko‘rsalar, futbolchilarga nisbatan talablari ham shunchalar qat’iy. "Neftchi" haqida ko‘p narsalar bilaman. Bu jamoa vodiyning etakchi klubi sifatida mamlakat chempionati va kubogi musobaqalarida besh marta chempionlikni va O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgan. 

-Klubga kelishingizga nimalar sabab bo‘ldi?

-Klubga kelishimga eng asosiy sabab, jamoa oldiga katta maqsadlar va mas’uliyatli vazifalar quyilgani. Men bu vazifalarni bajarishda butun vujudim bilan ishtirok etib, "Neftchi"ning azaliy peshqadamligi va g‘olibligini tiklashga munosib hissa qo‘shish, sevimli jamoaning chempionlikni qo‘lga kiritish uchun kurashida faol ishtirok etish va Farg‘onaning etakchi futbolchisi sifatida mamlakat terma jamoasi safida bo‘lishdan iborat. Nasib bo‘lsa bu yil  muxlislarimizni quvonchli sovrinlar bilan hursand qilishga intilamiz. 

-Muxlislarga aytar so‘zingiz?

- O‘zbekiston futboli yildan-yilga rivojlanib,yuksak cho‘qqilarni ko‘zlab bormoqda.Bunda millionlab muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi va madadi muhim rol o‘ynamoqda.Shu bois men muxlislarimizga bu yilgi musobaqalarda ham bizni astoydil qo‘llab-quvvatlab,ruhimiz va mahoratimizni yuksaltirishda doimo madadkor bo‘lishlarini istayman, - dedi Suyunov.


 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!