Elena Vesnina Dubayda tennis malikasini xafa qildi

Rossiyalik tennischi Elena Vesnina Dubayda o‘tayotgan turnirda latviyalik Elene Ostapenkoga qarshi chorak final yo‘llanmasi uchun kuch sinashdi.

Musobaqaning mazkur bosqichida Elena tajribali raqibiga qarshi tajovuzkor o‘yin namoyish etdi va 6:1, 7:6 hisobida g‘alaba qozondi.

Endi Vesnina chorak finalda britaniyalik Yoxanna Konta va rossiyalik Darya Kasatkina uchrshauvi g‘olibiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, Elena o‘tgan yilning mart oyidan beri endigina WTA reytingining kuchli o‘nligidan o‘rin olgan tennischini mag‘lubiyatga uchratdi. Shuningdek, Vesnina qariyb besh oydan beri qatorasiga ikki marotaba zafar quchmayotgan edi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!