Elvin Fortes: «Maqsadimga erisha olmadim, ammo…»

  • 19 mart, 2021, 00:33
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
CHERY AUTO

Olmaliq shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston chempionati doirasidagi AGMK va «Paxtakor» bahsidan so‘ng, «konchilar» vingeri Elvin Fortes saytimiz uchun intervyu berdi. Ushbu suhbatda, futbolchi o‘yin va kelajakdagi rejalari borasida fikr bildirdi.

Tecno

-  O‘zbekistonning amaldagi chempioniga qarshi o‘yin haqidagi fikrlaringiz?

-  To‘g‘risi juda ham qiyin o‘yin bo‘ldi. Uchrashuv umuman o‘zgacha yakunlashini mumkin edi. Jamoamizda gol kiritish uchun bir nechta imkoniyatlar bo‘ldi, ammo ulardan foydalana olmaganimiz uchun hammasi boshqa tomonga burilib ketdi. Raqib birinchi bo‘lib hisobni ochgach, ikkinchi taymda to‘liq o‘yin uslubini o‘zgartirdi. «Paxtakor» bor e’tiborini to‘p nazoratiga qaratdi. Biz birinchi bo‘limdagi xatolarimiz sababli o‘yinni boy berdik, deb hisoblayman. Bugungi matchdan to‘g‘ri xulosa chiqaramiz va keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz.

-  O‘yindan oldin Mirjalol Qosimov futbolchilarga qanday ko‘rsatmalar bergan edi? Asosiy urg‘u nimaga qaratilishi lozim edi?

-  Biz qarshi hujumlarda to‘p surishga va imkon bo‘lganda pozitsion hujumga o‘tishni reja qilgan edik. Shu bois, o‘yinning ilk daqiqalarida asosan qanotlar orqali hujum uyushtirishga urindik. Ikkita gol o‘tkazib yuborgach, rejamiz barbod bo‘ldi.

-  O‘zingiz ko‘rsatgan futboldan ko‘nglingiz to‘ldimi?

-  Shaxsan men har o‘yin oldidan o‘z oldimga gol kiritish va assistni amalga oshirishni maqsad qilib qo‘yaman. Bugun foydali harakat qilishni uddalay olmadim, ammo shu bilan hayot to‘xtab qolmaydi. O‘yin o‘z yakuniga etdi. Shunday ekan, endi bor e’tiborimni keyingi o‘yinga qaratishim kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!