Emelyanenko navbatdagi jangini dekabrda o‘tkazadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiyalik aralash janglar ustasi Aleksandr Emelyanenko o‘zining keyingi jangini joriy yilning 16 dekabrida o‘tkazadi. Unga mazkur qarama-qarshilikda amerikalik Virjil Tsviker raqiblik qiladi.

"Axmat" jang klubining matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, ushbu jang Grozniyda ""Axmat" 44" (WFCA 44)ning butunjahon jang chempionati turniri doirasida o‘tkaziladi.

27 sentyabr kuni faoliyatini yangilagan Emelyanenko braziliyalik Jeronimo dos Santosni (Mondragon) nokaut qilgan edi. 36 yoshli rossiyalik sportchining hisobida 24 g‘alaba va 7 mag‘lubiyat mavjud.

35 yoshli Tsviker Bellatorning Amerika ligasidagi chiqishlari bilan ko‘pchilikka yaxshi tanish. U faoliyati davomida 16 g‘alaba va 6 mag‘lubiyat qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!