Emre Jan Klopp nega undan xafa bo‘lganiga izoh berdi

  • 11 aprel, 2019, 22:32
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" yarim himoyachisi Emre Jan "Liverpul"dan ketish vaqtida Yurgen Klopp bilan yuzaga kelgan tushunmovchilik borasida gapirib o‘tdi.

Tecno

"Liverpul"dan ketish vaqtimda Yurgen Klopp mendan xafa bo‘lgan edi. U meni jamoada qolishimni istadi. Keyin men unga yangi chaqiruvlarni istayotaganimni va o‘zimni boshqa chempionatda sinab ko‘rmoqchi bo‘lganimni tushuntirdim. Klopp meni tushundi. Bu qarorim "Liverpul" uchun atayin qilingani yo‘q. Shunchaki men "Yuventus"dan tushgan taklif qiziqtirib qo‘ydi. 

"Liverpul"da ajoyib mavsumlarimni o‘tkazdim. Bu klubdan minnatdorman", - degan Jan so‘laridan keltirmoqda Football Italia.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!