Endi bizga kerak emassan! "Barselona" yosh iqtidor transferidan voz kechdi

  • 28 fevral, 15:33
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bilbaoning "Atletik" klubi hujumchisi Niko Uilyams katta ehtimol bilan "Barselona" futbolchisiga aylanmaydi.

"Mundo Deportivo"ning xabar berishicha, "Barselona" rahbariyati 22 yoshli ispaniyalik futbolchiga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotgan. O‘tgan yilning yozgi transferlar oynasida kataloniyaliklar futbolchini sotib olmoqchi edi. Biroq, mazkur transfer amalga oshmadi.

Tecno

Joriy mavsum Uilyams barcha musobaqalarda 32 ta o‘yinda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 6 marta ishg‘ol qildi va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Eslatib o‘tamiz, futbolchining "Atletik" bilan tuzilgan shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portalining ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchi 70 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!