Endi “Chelsi”ga kim sardorlik qiladi

  • 13.07.2023 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Chelsi” sardori Sesar Aspilikueta “aristokratlar” safidagi 11 yillik faoliyatidan keyin klub bilan xayrlashdi.

Endi “Chelsi” muxlislarini jamoaga kim sardorlik qilishi qiziqtirmoqda. Jurnalistlar jamoani o‘z ortidan etaklay oladigan futbolchilar ro‘yxatini tuzdi.

Kelasi mavsumda katta ehtimol bilan ana shu futbolchilardan biriga sardorlik vakolati topshiriladi.

Birinchi raqamli da’vogar sentyabr oyida 39 yoshni qarshilaydigan Tyago Silva hisoblanadi. Braziliyalik yulduz Londonga kelganidan keyin bir necha marta sardorlik bog‘ichiga egalik qilishga ulgurgan.

Shuningdek, sardorlik vakolati Ris Jeyms, Kepa Arrisabalaga, Ben Chiluell, Entso Fernandes kabi o‘yinchilarga berilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!