Endi Millatlar ligasida O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etishi mumkin, chunki...

  • 10.12.2018 12:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Parijda FIFA bosh kotibi o‘rinbosari Zvanimir Boban boshchiligidagi ishchi guruhning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda UEFA Millatlar ligasining analogi sifatida Butunjahon Millatlar ligasi tashkil etish va Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini yanada isloh qilish masalasi muhokama qilindi. Aytish lozimki, Boban boshchiligidagi ishchi guruhga aynan mana shu ikki musobaqaning o‘tkazilishi bo‘yicha texnik va sport masalalarini ko‘rib chiqish topshirilgan.

- Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati: Taqvim, format, ishtirokchi jamoalar soni, yo‘llanmalar taqsimoti.

- Butunjahon Millatlar ligasi: Taqvim, format va turnirning mintaqaviy konfederatsiyalardagi saralash o‘yinlariga ta’siri.

Ushbu ishchi guruh yuqoridagi masalalar yuzasidan o‘z taklifini kelgusi yilning 15 mart kuni AQShning Mayami shahrida bo‘lib o‘tadigan FIFAning navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!