Endi qiyin bo‘ladi: Flik “Barsa”da yangi qoida joriy qildi
“Barselona”ni La Liga g‘olibiga aylantirgan germaniyalik mutaxassis Xans-Diter Flik yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonida futbolchilar uchun talablarni kuchaytirdi.
Sport.es saytining yozishicha, “Barsa” futbolchilari ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlarini minimal darajaga tushirishlari talab etiladi.
Manbaga ko‘ra, endi kataloniyalik yulduzlar ishtirokidagi bayram tadbirlari keskin kamaytiriladi. Marketingning barcha turlarini qamrab olgan tijoriy tadbirlar katta ehtiyotkorlik bilan, omma e’tiborini jalb qilmagan holda o‘tkaziladi. Bu marosimlar birinchi jamoaning kun tartibiga ta’sir qilmasligi shart ekani uqtirildi.
Bundan tashqari, germaniyalik mutaxassis o‘z o‘yinchilaridan media sohasida faollik qilmasligini, bor e’tiborini futbolga qaratishni talab qildi.



Fikrlar