
Endi “Real”ning 10-raqamini men olaman!
Joriy mavsum yakunlanishi bilan, yanada aniqrog‘ aytganda, 15 iyundan 13 iyulgacha davom etadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan keyin “Real” tarkibida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda.
Xususan, jamoaning jng tajribali o‘yinchisi Luka Modrich ham Madridni tark etishi mumkin. Klub rahbariyati xorvatiyalik futbolchi maoshining keskin pasayishi va zaxira o‘yinchisi roliga rozi bo‘lsagina u bilan kelishuv bir mavsumga uzaytiriladi, degan qarorga kelgan.
“Qirollik klubi”ning yosh yulduzi Arda Gyuler Modrichning maydondagi o‘rnidan tashqari, uning raqamiga ham da’vogarlik qilmoqda.
Turk futbolchisi Modrich klubdan ketadigan bo‘lsa, unga tegishli bo‘lgan 10-raqamni o‘ziniki qilib olmoqchi. Bu raqamda Modrichdan oldin Xames Rodriges, Mesut O‘zil, Robino, Luish Figu kabi yulduzlar to‘p tepgan.
Fikrlar