Endrik "Real"dagi kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi
Braziliyalik hujumchi Endrik «Real» klubini tark etishga qaror qilgani xabar qilinmoqda. Bu haqida Onda Cero nashri ma'lumot berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, yosh futbolchi klubdagi raqobat keskin kuchaygani sabab jamoani o‘zgartirish haqida o‘ylamoqda.
Xususan, «Real» tarkibiga Karlos Espi va Yan Diomande kabi yangi hujumchilarning qo‘shilishi Endrikning o‘yin amaliyotiga ta'sir qilishi mumkin. U o‘zini asosiy tarkibda doimiy maydonga tusha olmasligini anglab yetgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini Endrik «Lion» jamoasida ijara asosida o‘tkazgan edi.
«Real» safida Endrik umumiy hisobda 40 ta o‘yinda maydonga tushdi. Shu vaqt mobaynida u 7 ta gol urdi va bir marta golli uzatma berdi.

Fikrlar