Eng uzoq davom etgan mag‘lubiyatsiz seriyalar

  • 5 aprel, 2024, 22:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa “top-5” ligalarida ayrim jamoalar mag‘lubiyatsiz seriyalar qayd etish orqali tarixdan muqim joy olgan.

Muxlislar e’tiboriga o‘z davrida umuman engilmagan eng kuchli besh jamoa haqidagi ma’lumotlarni havol etamiz.

“Liverpul” – 44  ta o‘yin. 2019–2020 yillar.

Bir yilu bir oy va 27 kun davomida Yurgen Klopp jamoasi 44 ta uchrashuvdan iborat mag‘lubiyatsiz seriya qayd etdi.

“Yuventus” – 49 ta o‘yin. 2011–2012 yillar.

Antonio Konte o‘rtamiyona klub darajasiga tushib qolayotgan “Yuventus”ni qayta jonlantirdi va engilmas jamoaga aylantirdi.

“Arsenal” – 49 ta o‘yin. 2003–2004 yillar.

Arsen Venger shogirdlarining mag‘lubiyatsiz seriyasi 49 ta o‘yinga etganida ularning muvaffaqiyatli yurishiga ashaddiy raqib “Manchester Yunayted” barham berdi.

“Bavariya” Myunxen – 53 ta o‘yin. 2012-2014 yillar.

“Bavariya”ning mag‘lubiyatsiz seriyasi qariyb ikki yil davom etdi.

“Milan” – 58 ta o‘yin, 1991–93 yillar.

Mag‘lubiyatsiz o‘yinlari soni bo‘yicha rekord “Milan”ga tegishdi.

E’tiborga molik qolgan seriyalar quyidagicha:

“Barselona” – 43 ta o‘yin. 2017–2018 yillar.

“Nottingem Forest” – 42 ta o‘yin. 1977–1978 yillar.

“Chelsi” – 40 ta o‘yin.  2004–2005 yillar.

“Fiorentina” – 40 ta o‘yin. 1955–1956 yillar.

“Real Sosedad” – 38 ta o‘yin. 1979–1980 yillar.

“Perudja” – 37 ta o‘yin. 1978–1979 yillar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!