Eng yomoni 2000 yili, eng yaxshisi 2011 - O‘zbekiston MTJning Osiyo Kuboklaridagi natijalari qanday bo‘lgan?

  • 13 yanvar, 2024, 11:50
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Kubogi start oldi. Shu paytga qadar o‘tkazilgan qit’a birinchiliklarida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 7 bor ishtirok etgan.

Tecno

Vakillarimiz 1996 yil Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilgan chempionatdan boshlab hozirgacha muntazam tarzda qatnashishmoqda.

Quyida hamyurtlarimizning Osiyo Kuboklaridagi ishtirokiga to‘xtalib o‘tamiz.

1996 YILGI OSIYo ChEMPIONATI

Birlashgan Arab Amirliklari mezbonlik qilgan qit’a birinchiligida 12 jamoa ishtirok etgan. O‘zbekiston milliy terma jamoasi “S” guruhida Yaponiya, Xitoy va Suriya bilan kuch sinashgan.

Chempionatdagi ilk uchrashuvda Xitoyni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratganmiz. Gollarga Igor Shkvirin va Maksim Shatskix mualliflik qilgan. Ikkinchi o‘yinda Yaponiyaga imkoniyatni boy berganmiz – 4:0. Uchinchi bahsda Suriyaga ham yutqazganmiz – 2:1. Sergey Lebedov 53-daqiqada penaltidan gol urgandi. Guruhda esa to‘plar farqiga ko‘ra oxirgi o‘rinni egallagandik.

06. 12. 1996 y. Xitoy – O‘zbekiston 0:2

Gollar: Igor Shkvirin 78, Maksim Shatskix 90

09. 12. 1996 y. Yaponiya – O‘zbekiston 4:0

12. 12. 1996 y. O‘zbekiston – Suriya 1:2

Gol: Sergey Lebedov penalti 53

Finalda maydon egalari Saudiya Arabistoni bilan asosiy va qo‘shimcha taymlarda durang o‘ynashdi. Penaltilar seriyasida omad Saudiya Arabistoniga kulib boqdi – 4:2.

 

 

2000 YILGI OSIYo ChEMPIONATI

Livan mezbonlik qilgan qit’a birinchiligida O‘zbekiston MTJ “S” guruhidan joy olgandi. Bu – “o‘lim guruhi”, deb atalgandi. Chunki hamyurtlarimiz Yaponiya, Saudiya Arabistoni va Qatar bilan kuch sinashdi.

Eng yomon natijalarimizdan birini aynan shu yili qayd etganmiz. Qatar bilan durang o‘ynadik – 1:1. Yaponiyaga 8:1 hisobida yutqazdik. Saudiya Arabistoni esa darvozamizga javobsiz 5 ta to‘p kiritgandi.

14. 10. 2000 y. Qatar – O‘zbekiston 1:1

Gol: Mirjalol Qosimov 73

17. 10. 2000 y. Yaponiya – O‘zbekiston 8:1

Gol: Sergey Lushchan 29

20. 10. 2000 y. Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston 5:0

Guruhdoshlarimiz Yaponiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi finalda “kun chiqar yurt” vakillari 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, ikkinchi bor Osiyoda tengsiz, deb topildi.

 

 

2004 YILGI OSIYo ChEMPIONATI

2004 yilgi Osiyo kubogi 17 iyulidan 7 avgustga qadar Xitoyda bo‘lib o‘tgandi. Aytib o‘tish joizki, Osiyo Kubogi doirasida birinchi marotaba 16 terma jamoa ishtirok etdi.

Xitoydagi musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi "S" guruhidan joy olib 3 uchrashuvda g‘alaba qozondi va chorak final yo‘llanmmasini qo‘lga kiritish uchun kurashdi.

18.07.2004. Iroq - O‘zbekiston 0:1

Gol: Mirjalol Qosimov 21

22.07.2004. O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni 1:0

Gol: Aleksandr Geynrix 13

26.07.2004. Turkmaniston - O‘zbekiston 0:1

Gol: Mirjalol Qosimov 58

Vakillarimiz guruhda 1-o‘rinni egallab chorak finalda Bahraynga qarshi maydonga tushishdi.

O‘zbekiston - Baxrayn 2:2 penaltilar seriyasida - 3:4, umumiy hisob - 5:6 bahraynliklar foydasiga.

Gollar: Aleksandr Geynrix 60, Vladimir Shishelov 86

Finalda Xitoy va Yaponiya kuch sinashdi. Yaponiyaliklar 3:1 hisobi bilan mezbonlarni mag‘lub etib, uchinchi marotaba Osiyo Kubogini qo‘lga kiritgandi.

 

 

2007 YILGI OSIYo ChEMPIONATI

OCh-2007 7-29 iyul kunlari Indoneziya, Malayziya, Vetnam hamda Tailand davlatlarida o‘tkazilgandi. Biz "S" guruhda kurash olib bordik.

11.07.2007. Eron - O‘zbekiston 2:1

Gol: Rezai avtogol 16

14.07.2007. O‘zbekiston - Malayziya 5:0

Gollar: Maksim Shatskix 10, 89, Timur Kapadze 30, Ulug‘bek Baqoev 45, Aziz Ibragimov 85

18.07.2007. O‘zbekiston - Xitoy 3:0

Gollar: Maksim Shatskix 72, Timur Kapadze 86, Aleksandr Geynrix 90

Guruhda Erondan so‘ng ikki o‘rinni qo‘lga kiritib pley-offga chiqqanmiz.

22.07.2007: Saudiya Arabistoni - O‘zbekiston 2:1

Gol: Pavel Solomin 81

Vakillarimiz arablarga imkoniyatni boy berishdi.

Iroq OCh-2007 turniri final uchrashuvida saudiyaliklarni 1:0 hisobi bilan mag‘lub etib, birinchi marotaba Osiyo chempioniga aylandi.

 

 

2011 YILGI OSIYo ChEMPIONATI

Osiyo chempionati ochilish uchrashuvida Dohada mezbonlar O‘zbekiston terma jamoasi bilan kuch sinashdi. "Xalifa" stadionida 40 mingdan ziyod muxlis bellashuvni bevosita ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lgandi.

O‘yinda 35 metr uzoqdan Odil Ahmedov raqib darvozasini juda ajoyib tarzda ishg‘ol etdi. Shundan so‘ng maydon egalari himoya chizig‘ining bir nechta xatolaridan keyin Server Jeparov jarima maydonchasi yaqinidan zarba berib hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib kelgandi.

gettyimages-1079513158-612x612

Guruh bosqichi:

7.01.2011. Qatar - O‘zbekiston 0:2

Gollar: Odil Ahmedov 59, Server Jeparov 77

12.01.2011. O‘zbekiston - Kuvayt 2:1

Gollar: Maksim Shatskix 41, Server Jeparov 65

16.01.2011. Xitoy - O‘zbekiston 2:2

Gollar: Odil Ahmedov 30, Aleksandr Geynrix 46

Vakillarimiz guruhda birinchi o‘rinni egallab pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi va Iordaniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishdi. Ta’kidlash joizki, raqibimiz o‘z guruhida Suriya hamda Saudiya Arabistonini dog‘da qoldirgandi.

2-raqamda to‘p tepgan Ulug‘bek Baqoev chorak finalda raqib darvozasini ikki marta ishg‘ol etishga erishdi. Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi OK-2011da birinchi marotaba yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.

21.01.2011: 1/4 final

O‘zbekiston - Iordaniya 2:1

Gollar: Ulug‘bek Baqoev 47, 49

Ammo bizning xursandchiligimiz ko‘pga cho‘zilmadi.

25.01.2011: 1/2 final

O‘zbekiston - Avstraliya 0:6

Ketma-ket xatolar, darvozamizdan tezkor gol o‘tkazib yuborganimiz bunday sharmandali natijani olib keldi, desak adashmagan bo‘lamiz. To‘p nazorati bizda bo‘lganiga qaramay, futbolchilar qarshi xujumlarga dosh bera olishmadi.

28.01.2011: O‘chinchi o‘rin uchun bahs

O‘zbekiston - Janubiy Koreya 2:3

Gollar: Aleksandr Geynrix penalti 45, 53

Birinchi bo‘limda Avstraliyaga qarshi uchrashuvdagi kabi ketma-ket xatolar darvozamizga 3 ta to‘p kiritilishiga sababdir. Biroq birinchi taym yakunida Geynrixning ajoyib zarbasi bizga umid berdi. Ammo tanaffusdan so‘ng omad biz tomonda emasdi. Aleksandr esa o‘z o‘yin uslubi bilan raqiblarni hayratga soldi. OK-2011 yakunlanganidan so‘ng u faoliyatini FK «Suvon Samsung»da 2011 yil futbol mavsumi ohirigacha o‘tkazdi.

Yarim final yo‘llanmasi hamda Osiyo Kubogida to‘rtinchi o‘rinni egallaganimiz bizning eng katta yutug‘imiz bo‘lib qolmoqda.

2011 yil yaponiyaliklar Osiyo chempionligini ko‘lga kiritishdi. Final uchrashuvda Avstraliyani 1:0 hisobi bilan taslim etib, to‘rtinchi marotaba qit’ada tengsizliklarini isbotlashdi.

Ma’lumot uchun, ushbu bellashuvda hamyurtimiz Ravshan Ermatov bosh hakam vazifasini o‘tab bergan.

 

 

2015 YILGI OSIYo ChEMPIONATI

Bu galgi chempionatga Avstraliya mezbonlik qildi.

Pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vakillarimiz uchun qiyinchilik tug‘dirdi. KXDR terma jamoasini mag‘lub etganligimizga qaramay, xitoyliklarga imkoniyatni boy berdik. Saudiya Arabistoniga qarshi uchrashuv chindan ham murosasiz kechdi. Sardor Rashidov ajoyib tarzda hisobni ochgandi. Ammo bosh hakam avstraliyalik Benjamin Uilyams darvozamiz tomon penalti belgiladi. Ushbu vaziyatdan so‘ng muxlislar bu referini “avstraliyalik qaroqchi”, deb atashni boshlashdi. O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistonini 3:1 hisobi bilan mag‘lub etgandi.

Guruh bosqichi:

10.01.2015. O‘zbekiston - KXDR 1:0

Gol: Igor Sergeev 62

14.01.2015. Xitoy - O‘zbekiston 2:1

Gol: Odil Ahmedov 22

18.01.2015. O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni 3:1

Gollar: Sardor Rashidov 2, 79, Vohid Shodiev 70

Chorak finalda Janubiy Koreya terma jamoasi bilan kuch sinashdik. Bellashuvning asosiy vaqtida kim yarim finalga chiqishi ma’lum bo‘lmadi. Uyinchilarimiz raqib darvozasi tomon bir nechta havfli xujum yaratishdi, biroq noaniq. Qo‘shimcha ikki taymda ikkita gol o‘tkazib yubordik.

22.01.2015. Janubiy Koreya - O‘zbekiston 2:0

Astraliya finalda Janubiy Koreya bilan kuch sinashdi. Bellashuv 4 taym davom etgandi. Koreyaliklar ikkinchi bo‘lim ohirida hisobni tenglashtirishgan va ushbu golni "Tottenxem" klubi a’zosi Son Xyon Min urgandi. Biroq 105-daqiqada mezbonlar hisobni 2:1 ko‘rinishiga olib kelishdi. Natijada, Avstraliya chempionlikka erishdi.

thumbs_b_c_ddca1dce3c6a017dab3d4eae9313bab7

 

2019 YILGI OSIYo ChEMPIONATI

Osiyo Kubogi BAAda o‘tkazildi. Terma jamoamiz musobaqaga Ektor Kuper boshchiligida etib bordi.

Terma jamoamiz guruhda Yaponiya, Ummon va Turkmaniston bilan kuch sinashdi. Vakillarimiz ilk uchrashuvda Ummonni 2:1 hisobida taslim etishdi. Yaxshi kayfiyatda Turkmaniston darvozasiga javobsiz 4 ta to‘p yo‘llandi. Oxirgi bellashuvda Yaponiyaga 1:2 hisobida imkoniyat boy berildi. Eldor Shomurodov porlagan chempionat.

Guruh bosqichi:

09.01.2019. O‘zbekiston - Ummon 2:1

Gollar: Odil Ahmedov 34, Eldor Shomurodov 86

13.01.2019. Turkmaniston – O‘zbekiston 0:5

Gollar: Javohir Sidiqov 17, Eldor Shomurodov 24, 42, Jaloliddin Masharipov 40

17.01.2019. Yaponiya – O‘zbekiston 2:1

Gollar: Eldor Shomurodov 40

Nimchorak finalda Kuper shogirdlari o‘z tarixidagi eng kuchsiz Avstraliyaga ro‘baro‘ keldi. O‘yinning asosiy va ekstra taymlarida hisob ochilmagach, penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. Ammo lotereyada omad “kengrular”ga kulib boqdi – 4:2. Shu tariqa, biz musobaqani guruhdan chiqiboq, yakunlagandik.

Musobaqa mezboni Qatar finalgacha etib borib, Yaponiyani 3:1 hisobida engib, o‘z tarixidagi ilk chempionlikni qo‘lga kiritgandi. O‘FAning hozirgi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov o‘sha payt o‘yinni boshqargandi.

1043145751_0_0_3490_1973_1920x0_80_0_0_9d3c7e043269525c3ce16bd5d0ac213d

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Sardorbek 5555
13/01/2024 14:08
96-yil Maksim emas Alek shatskix