Shomurodov va Fayzullaev murabbiy iste’fosiga “sababchi” bo‘ldi
Turkiya chempionatining avvalgi turida O‘zbekiston milliy terma jamoasi etakchilari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaev o‘ynayotgar “Istanbul Bashaksheir” jamoasi “Kasimpasha” maydonidan 3:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgan edi.
O‘sha bahsda o‘zbek futbolchilar uchrashuv qahramoni bo‘lib, natijaga juda katta ta’sir o‘tkazdi. Jarohatdan keyin safga qaytgan Abbosbek Fayzullaev jarima nuqtasidan superzarba bilan hisobni ochdi va g‘alabaga tamal toshini qo‘ydi.
Eldor Shomurodov esa, jamoasi bir kishi kam bo‘lib qolgan va raqib mag‘lubiyatdan qutilib qolish uchun tinimsiz bosim uyushtirayotgan so‘nggi daqiqalarda istanbulliklarning uchinchi to‘pini kiritib, o‘yining yakuniy natijasini o‘rnatdi.
“Istanbul Bashakshehir” bosh murabbiyi Nuri Shaxin o‘zbek legionerlarining g‘alabaga qo‘shgan hissasini alohida e’tirof etgan bo‘lsa, Abbosbek va Eldor urgan gollar “Kasimpasha” jamoasi ustozi Shota Arveladzening kursisini qimirlatib qo‘ydi.
Uchrashuvdan keyi “Kasimpasha” rahbariyati gruziyalik mutaxassisni ishdan oldi. O‘z davrida “Paxtakor”da ham bosh murabbiylik qilgan va o‘zbek futbolini yaxshi bilgan Shota Arveladze turk klubida atigi besh oy ishlab, joyini bo‘shatib berishga majbur bo‘ldi.
Uning qo‘l ostida “Kasimpasha” 14 ta o‘yin o‘tkazib, uchta g‘alaba, to‘rtta durang va etti mag‘lubiyat qayd etgandi.
Bu jamoadan avval Arveladze “Fotih Karagyumryuk” jamoasida ham juda qisqa muddat – 3,5 oy faoliyat yuritdi. Natija qoniqarli bo‘lmadi. Jamoa 17 o‘yinda oltita g‘alaba, uchta durang o‘ynab, sakkiz marta yutqazganidan keyin murabbiy iste’foga chiqarilgan edi.
- Turkiya Superligasi 2025-2026 yilgi mavsumining dastlabki 14 haftasida jami18 ta jamoadan 12 tasi qoniqarsiz natijalar tufayli bosh murabbiyini almashtirdi. Bosh murabbiy bilan xayrlashishga qaror qilgan oxirgi jamoa “Kasimpasha” bo‘ldi.
Mag‘lubiyatdan keyin klub gruziyalik mutaxassis Shota Arveladze bilan shartnomani bekor qildi.
Joriy mavsumda birinchi bo‘lib bosh murabbiyini ishdan bo‘shatgan jamoa “Gaziantep” bo‘lgandi. Chempionat boshida “Beshiktosh”, “Fenerbahche” va “Istanbul Bashakshehir” ham jamoa boshqaruvini boshqa murabbiylarga topshirdi.
Keyinchalik “Eyupspor”, “Kayserispor, “Antalyaspor”, “Genchlerbirligi”, “Fotih Karagyumryuk”, “Rizespor”, “Konyaspor” kabi jamoalar ham bosh murabbiylarini o‘zgartirdi, - deb yozdi haberler.com sayti.
Husanov nechanchi o‘rinda? Jahon chempionati ishtirokchilari reytingi e’lon qilindi
Rossiyada Shomurodovni eslab qolishdi...
Bu xatodan keyin Gvardiola Husanovni asosiy tarkibga qaytarishi shart
Superkompyuter O‘zbekistonning “JCh-2026”dagi imkoniyatini qanday baholadi?
Nuri Shaxin Shomurodov uni qanday hayratga solganini aytdi
Alamli mag‘lubiyatdan keyin Husanovning o‘yini qanday baholandi?
O‘zbekistonning jahon chempionatidagi g‘alabasiga qanday munosabat bo‘ldi?
Fikrlar