Eng zo‘r “himoya qo‘rg‘oni” qaerda?

  • 07.06.2023 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) ekspertlari jahon futbolida bugungi kunda eng ishonchli himoyachi kim ekanini aniqlab chiqdi.

Shuningdek, mutaxassislar futbolchilarning o‘yini ularning transfer narxiga ham ijobiy ta’sir qilayotganini ko‘rsatib berdi.

Bugungi kunda eng mustahkam “himoya qo‘rg‘oni” vazifasini Yoshko Gvardiol bajarib bermoqda. Yozda bu himoyachi grand klublardan biriga o‘tishi kutilmyapti.

Eng zo‘r va qimmatbaho himoyachilar beshligi quyidagicha ko‘rinish oldi:

Yoshko Gvardiol (“RB Leyptsig”) - 114,9 mln evro

Eder Militao (“Real” Madrid) - 108,4 mln evro

Antoniu Silva (“Benfika”) - 89,5 mln evro

Ruben Diash (“Manchester Siti”) - 84,4 mln evro

Ronald Arauxo (“Barselona”) - 81,9 mln evro.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!