Eng zo‘r qilichbozlar anqlandi

CHERY AUTO

Poytaxtimizdagi «Paxtakor» qilichbozlik sport majmuida kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bahslari qizg‘in o‘tmoqda.

Tecno

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridan 90 nafarga yaqin sportchi  qilichbozlikning shpaga, rapira va sablya yo‘nalishidagi yakkalik hamda jamoaviy bellashuvlarda chempionlik uchun kurash olib boryapti.

Shpaga bo‘yicha o‘tkazilgan yakkalik bahslarida o‘g‘il bolalar o‘rtasida Meyirxon Temurov (Navoiy), qizlar o‘rtasida esa Biybimaryam Saparova (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) g‘oliblik shohsupasining eng yuqori pog‘onasidan o‘rin egalladi.

Jamoaviy bahslarda esa «Toshkent-1» (qiz bolalar) va «Andijon-1» (o‘g‘il bolalar) klublari g‘olib bo‘ldi.

Rapira bo‘yicha yakkalik bahslarida Maftuna Davronova (Farg‘ona) tengdoshlari o‘rtasida mohir va abjir ekanligini namoyon etib, g‘olib bo‘ldi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida esa Radmir Semeneev (Andijon) g‘oliblik shohsupasining eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!