Engil atletika. Anvar Anvarov Vengriyadagi xalqaro turnirda shohsupaga ko‘tarildi

CHERY AUTO

Vengriyaning Budapesht shahrida engil atletika bo‘yicha “Gyulai István Memorial” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Butunjahon engil atletika federatsiyasining oltin darajasiga kiruvchi mazkur turnirda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Anvar Anvarov ham ishtirok etib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, uzunlikka sakrash dasturida qatnashgan yurtdoshimiz kuchli raqobat ostida kechgan bahslarda 8.02 metr natija ko‘rsatdi. Oltin medal Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni gretsiyalik Miltiadis Tentogluga nasib etgan bo‘lsa, italiyalik Mattia Furlani kumush medalga egalik qildi.

Oltin: Miltiadis Tentoglu (Gretsiya) – 8.23 metr
Kumush: Mattia Furlani (Italiya) – 8.08
Bronza: Anvar Anvarov (O‘zbekiston) – 8.02

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!