Engilmas bokschimizdan ettinchi g‘alaba

  • 13.08.2017 09:38
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Iste’dodli bokchimiz Malayziyada tashkil etilgan professional boks kechasining asosiy jangida tanzaliyalik Jekson Malingyingiga qarshi ringga chiqdi.

Engilmas professional bokschimiz Azizbek Abdug‘ofurov faoliyatidagi ketma-ket ettinchi jangini g‘alaba bilan yakunlandi.

Afrikalik bokschi shu kunga qadar sakkizta g‘alaba, ikkida mag‘lubiyat va bitta durang qayd etgan edi. Azizbek sakkiz raund davom etgan bellashuvda raqibini ochkolar hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Ettita g‘alaba va shulardan to‘rttasini nokaut bilan yakunlagan o‘zbek bokschisi o‘z vazn toifasida jahon reytingida 21-pog‘onada qayd etilgan.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!