Entoni Joshua: Avvaliga Uaylder bilan ikkita jang va keyingi raqibim mutloq jahon chempioni bo‘ladi

  • 27.11.2018 12:35
  • 0
  • Boks

Super og‘ir vaznda WBA, IBF va WBO chempionlik kamarlari sohibi Entoni Joshua fikricha, ushbu vaznda WBC kamari sohibi Deontey Uaylder 1 dekabr kuni Tayson Fyuriga qarshi bo‘ladigan to‘qnashuvda chempionlik saqlab qolishiga ishonmoqda. Shundan keyin Joshua amerikalik bokschi bilan kamarlarni birlashtiruvchi jang o‘tkazmoqchi.

Menga Uaylder g‘alaba qozonishi kerak, — deya Joshuaning so‘zlarini keltiradi Boxingscene nashri. — Agar u chempion bo‘lsa, bizning uchrashishimiz uchun imkoniyat paydo bo‘ladi. Mazkur jang yaqin vaqt ichida o‘tishi kerak, chunki biz ikki chempion faoliyatimizning eng yuqori pog‘onalarida turibmiz va muxlislar ham aynan shuni istashadi. O‘ylaymanki, bu jangimiz ikkita to‘qnashuvdan iborat bo‘ladi. Revansh albatta, bo‘lishi kerak, ammo biz uni Londondagi “Uembli” stadionida o‘tkazimiz kerak.

Agar men mutloq jahon chempioni bo‘lsam, keyingi raqib Aleksandr Usik bo‘lishi shart, — deya qo‘shimcha qildi Joshua. — U birinchi og‘ir vazn toifasida mutloq jahon chempioni, men esa super og‘ir vaznda. Bu tarixiy ahamiyatga ega qarama-qarshilik. Keyingi raqib Tayson Fyuri, undan so‘ng Dillian Uayt.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!