Entoni Joshua Jeyk Pol ustidan qozonilgan g‘alabadan norozi!
Og‘ir vazn toifasida IBF, WBA, WBO va IBO sobiq chempioni Entoni Joshua WBA reytingida 14-o‘rinda turgan Jeyk Pol ustidan qozonilgan g‘alabadan norozi ekanini tan oldi.
"Men yaxshiroq jang qilishim kerak edi. Ha, buu g‘alaba, lekin muvaffaqiyat emas. Murabbiyim va men ko‘proq narsani kutgandik. Lekin endi nima ham qila olamiz? Vaqtni ortga qaytarib bo‘lmaydi. Oldinga yurishim lozim. Men buni o‘tmishda qoldirishim kerak. Bu g‘alaba bilan yashay olmayman. O‘rganishim kerak bo‘lgan ko‘p narsa bor. Shunday ekan, ha, men xursand emasman", - deya Entonining so‘zlarini keltirdi "Boxing Scene".
Eslatib o‘tamiz, AQShda o‘tkazilgan boks oqshomida Joshua oltinchi raundda Polni nokautga uchratdi.



Fikrlar