Entso Mareska: "Hozir "Liverpul"ga qarshi o‘ynash uchun eng qulay payt emas"
"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska 7-tur doirasidagi "Liverpul"ga qarshi bahs oldidan raqib haqida fikr bildirdi.
"Menimcha, hozir ularga qarshi o‘ynash uchun eng yaxshi vaqt emas, chunki ular ochko yo‘qotishdi. Bu har doim og‘ir uchrashuv.
Ular mavsumni fantastik tarzda o‘tkazishyapti, ayniqsa Diogu Jota bilan bog‘liq fojiadan keyin. Men ham xuddi shunday holatni 20 yil avval futbolchi bo‘lganimda boshimdan o‘tkazganman. Bu futbolchilar uchun ham, klub uchun ham, murabbiy uchun ham oson emas. Mashg‘ulot bazasiga kelib, har kuni biror o‘rinning bo‘sh turganini ko‘rish juda og‘ir. Bunga chidamli bo‘lish kerak.
Shuning uchun, mening fikrimcha, ularning holati yomon emas, aksincha, juda yaxshi. Chunki ular qiyin muammoni engishga harakat qilishyapti", – deya ta’rif berib o‘tdi "aristokratlar" murabbiyi.
Eslatib o‘tamiz, 3 iyul kuni "Liverpul" hujumchisi Diogu Jota va uning ukasi Andre Teysheyra da Silva (Portugaliyaning "Penafiel" klubi futbolchisi) Ispaniyadagi YTHda vafot etgan edi.



Fikrlar