Enzo Fernandez «Chelsi» va «Manchester Siti» oʻrtasida tanlov qildi

  • 10.08.2026 12:44
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Chelsi» yarim himoyachisi Enzo Fernandezga «Manchester Siti» jiddiy qiziqish bildirgani haqida avvalroq xabarlar tarqalgan edi.

 

TEAMtalk nashrining yozishicha, argentinalik futbolchi ehtimoliy transferga ijobiy munosabatda. Manbaga ko‘ra, Fernandez «Manchester Siti» safiga qo‘shilishga tayyor.

 

Enzo Fernandezning bunday qaror qabul qilishida yana bir omil bor: u yana Enzo Mareska qo‘l ostida o‘ynashni istamoqda. Mareska avval «Chelsi»da ishlagan, yozda esa «Manchester Siti» bosh murabbiyi etib tayinlangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!