
Erdog‘an Turkiya terma jamoasi futbolchilarini tabrikladi
Rajab Toyyib Erdog‘an Turkiya terma jamoasini "Evro-2024" chorak finaliga chiqqani bilan tabrikladi.
Murabbiy Vinchentso Montella shogirdlari 1/8 finalda Avstriyani mag‘lub etishdi (2:1). Ularni keyingi bosqichda Niderlandiya kutib turibdi.
"Evropa chempionatida Avstriyani mag‘lub etib, chorak finalga chiqqan futbol jamoamizni chin yurakdan tabriklayman.
Yigitlarimizga chempionlik yo‘lida muvaffaqiyatlar tilayman", - deb yozdi Turkiya prezidenti.
Fikrlar