
Erik Garsiya O‘zbekiston bilan o‘yindan so‘ng o‘z e’tirozini bildirdi
Parijda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiada doirasida O‘zbekiston futbol terma jamoasi Ispaniya bilan kuch sinashdi. Mazkur bellashuvda vakillarimiz "Qizil Furiya"ga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Ispanlar safida Pubil hamda Gomes gol urgan bo‘lsa, vakillarimizning yagona goli Shomurodov tomonidan urildi.
Shu tariqa, vakillarimz turnirni mag‘lubiyat bilan boshladi.
Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Erik Garsiya bellashuvdan so‘ng uchrashuv belgilangan vaqt borasida o‘z e’tirozlarini bildirdi:
"Bu bahona emas. Biroq 15:00da o‘ynash juda qiyin. Maydon tez qurib qolyapti", - dedi "Qizil Furiya" futbolchisi.
Fikrlar