Erik ten Xag boy berilgan g‘alaba aybdorlarini qattiq tanqid qildi
“Manchester Yunayted” Evropa ligasining umumiy bosqich birinchi turida o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Tvente”ni engolmadi.
Mezbonlar hisobda oldinda borgan bo‘lsa-da, niderlandiyaliklar 68-daqiqada vaziyatni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
O‘yindan keyin Erik ten Xag shogirdlarini tanqid qildi.
- Hisobda oldinda borayotgan va o‘yinni nazorat qilayotganimizda ishni oxiriga etkazib qo‘yishimiz kerak. Ikkinchi bo‘limda darajamizni tushirib yubordik va to‘p o‘tkazdik. O‘z xatolarimiz uchun jazolandik.
O‘tkazilgan gol uchun butun jamoa javobgar. “Tvente” o‘yinchisi maydon bo‘ylab yugurib keldi va uni hech kim to‘xtatmadi. Bunaqa tarzda gol o‘tkazib bo‘lmaydi.
Bu gal ham o‘yin oxirigacha harakat qilish kerakligiga amin bo‘ldik. Hisobni ochdingmi, ikkinchi golni urish kerak, - dedi Erik ten Xag.
Fikrlar