Erik ten Xag: Istalgan raqibni mag‘lub eta olamiz

  • 23 dekabr, 2023, 18:59
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Erik ten Xagning fikricha, "Manchester Yunayted" har qanday raqibni mag‘lub eta oladi. 

"Menimcha, bizga muhim pallalarda jarohatlar halal berdi. Bu borada yaxshilanishimiz kerak. 

Asosiy o‘yinchilarimizning yo‘qligi natijalarga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Ammo hammasini o‘zgartirishimiz mumkin. Mavsum hali yakunlanmadi. 

Ishonchim komilki, futbolchilar qaytib kelgach, bizda yaxshi va kuchli tarkib bo‘ladi. O‘tgan dam olish kunlari ligada etakchi bo‘lgan "Liverpul" bilan o‘ynadik va ular bilan raqobatlasha oldik. Hamma shay holatda bo‘lsa, biz kuchlimiz va istalgan raqibni mag‘lub eta olamiz", - dedi mankunialiklar ustozi. 




Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!