Eriksenni ko‘chada qoldirishdi

  • 16 mart, 2020, 02:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Milanning "Inter" klubi yarim himoyachisi Kristian Eriksenni koronavirus (COVID-19) sabab Italiyadagi mehmonxonadan chiqarib yuborishdi. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra daniyalik futbolchi yashayotgan mehmonxona karantinga olingan. Eriksen “Inter”ga yanvar oyida ko‘chib o‘tdi va shu bois u hozircha Milandan o‘zi uchun uy sotib olishga ulgurgani yo‘q.

Yuqoridagi holatdan so‘ng “neradzurrilar” rahbariyati Eriksenga zudlik bilan uy qidirish ishlarini boshlab yuborishgan. U hozir yangi joyga ko‘chib o‘tgan va u erda 2 hafta karantinda bo‘ladi.

Eriksen hozircha “Inter” safida 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!