Eriksen Liverpul klubiga o‘tishi mumkin

  • 23 iyun, 2022, 11:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Brentford" klubi yarim himoyachisi Kristian Eriksenga APLning boshqa bir klubi jiddiy qiziqib qoldi. Football London nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 30 yoshli daniyalik futbolchiga "Everton"dan takliflar bo‘lmoqda.

Manbaning yozishicha, Liverpul klubi ushbu futbolchini mavsumlar oralig‘idagi transfer oynasida, ya’ni u erkin agentga aylanganda o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Shunday qilib, yarim himoyachi klubini tekinga almashtirishi mumkin.

Avvalroq Eriksen «Manchester Yunayted»ga o‘tishdan bosh tortgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Daniyalik futbolchiga "Vest Xem" va "Tottenxem" ham qiziqish bildirmoqda.

Kristian Eriksen o‘tgan mavsum "Brentford" safida 11 o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 golga assistentlik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!