Erkin kurash: Jabroil Shapiev ham rossiyalik kurashchi to‘sig‘idan o‘ta olmadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jahon chempionatida 86 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Jabroil Shapiev ham Jahon chempionatida ikik g‘alabadan so‘ng, mag‘lubiyatga uchradi. U ilk urinishida Ozarbayjon vakili Aleksandir Gostievni 4:1 hisobida,  1/16 bosqichda esa gruziyalik Sandro Aminashvilini ham 4:1 natijasi bilan mag‘lub etgan edi. 1/8 finalda esa rosiiyalik Artur Naifanovga 6:0 hisobida imkoniyat boy berildi. Afsuski, rossiyalik kurashchi ham keyingi bosqichda Eron vakiliga imkoniyatni boy berib qo‘yganligi sababli yurtdoshimiz o‘tish bahslarida ishtirok etish imkoniyatini ham qo‘ldan chiqardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!