Erling Xoland: Xali yuz foiz tayyor emasman
Ketma-ket uchta o‘yinida ettita gol kiritishni uddalagan Dormundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xoland o‘zining jismoniy holati hali optimal darajada emasligini ta’kidlab o‘tdi.
"Xali yuz foiz tayyor emasman, jismoniy holatimni tiklab olishim kerak", - deydi Xoland.
Eslatib o‘tamiz, norvegiyalik futbolchi Bundesliga tarixida dastlabki uchta o‘yinda ettita gol kiritgan birinchi futbolchiga aylandi.

Fikrlar