Eron chempionati. "Persepolis" o‘z uyida imkoniyatni boy berdi. Sergeyev esa navbatdagi golini kiritdi
Eron Pro-ligasining 22-turidan o‘rin olgan bellashuvda "Persepolis" klubi o‘z maydonida "Heybar"ni qabul qilib, 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
To‘qnashuvning 11-daqiqasida Ehsan Hosseyni hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 72-daqiqada esa Ismoil Babai jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qilib, oradagi farqni 2 taga yetkazib qo‘ydi.
Milliy terma jamoamiz a’zosi hisoblangan Igor Sergeev 89-daqiqada o‘z nomini tabloda yozdirib qo‘yib, hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi. "Persepolis" esa qolgan vaqtda hisobni tenglashtira olmadi.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu bahsdan so‘ng "Persepolis" 34 ochko to‘plagan holda, 5-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar