Eron terma jamoasi futbolchilari Jahon chempionati uchun vizalarni oldi

  • 03.06.2026 23:18
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Eron terma jamoasi futbolchilari 2026 yildgi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun vizalarini oldi.

Bu haqida Eronning Turkiyadagi elchisi Muhammad Hasan Habibullo-zoda ma'lum qildi.

Uning so'zlariga ko'ra, futbolchilar vizani 48 soat ichida olgan va bu jarayonda shaxsan elchixonaga borish yoki barmoq izlarini topshirish talab etilmagan.

Avvalroq Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Toj FIFA terma jamoaning mundialdagi bazasini AQShdan Meksikaga ko'chirishni ma'qullaganini ma'lum qilgan edi.

Ma'lumot uchun, "Fors shahzodalari" Jahon chempionati guruh bosqichida Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!