
Eronlik futbolchi Frantsiya chempionatiga ko‘chib o‘tyaptimi?
"Rostov" yarim himoyachisi Muxammad Moxebi OAV vakillariga "sariq-ko‘klar"dagi kelajagi haqida gapirdi. Avvalroq, futbolchiga Frantsiya jamoalaridan qiziqish bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
- "Frantsiya? Bu umuman haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Hozir bor e’tiborimni imkon qadar tezroq maydonga tushishga qaratganman", - deydi 26 yoshli futbolchi.
Ma’lumot uchun, eronlik futbolchi 2023 yildan buyon "Rostov"da to‘p tepmoqda. RPLning 2024/2025 yilgi mavsumda Moxebi 14 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 3 bora sheriklarining gollariga assistentlik qildi. Uning shartnomasi kelasi yili tugaydi.
Fikrlar