Errera 2024 yilgacha PSJga qaytmaydi!

  • 2 fevral, 2023, 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletik"da ijara asosida o‘ynayotgan PSJ yarim himoyachisi Ander Errera ispan klubida 2024 yilgacha qoladigan bo‘ldi.

Tecno

Bilbaoliklar matbuot xizmati 33 yoshli ispaniyalik futbolchining ijara shartnomasini kelasi mavsum oxirigacha uzaytirish varianti faollashtirilganini e’lon qildi.

Yarim himoyachi joriy mavsum “Atletik” safida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Transfermarkt" portali Errerani 4 million evroga baholamoqda. Eslatib o‘tamiz, Ander Errera “Atletik” safiga PSJdan ko‘chib o‘tgan edi. 

“Atletik” Ispaniya chempionatining 19-turidan so‘ng 26 ochko bilan turnir jadvalining 9-pog‘onasida bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!