Ertaga OAV xodimlari va Superliga hakamlari o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etiladi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan uchrashuvlarda halol va adolatli hakamlikni ta’minlash, shaffoflikni oshirish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirmoqda. Coca Cola Superliga 8-turidan o‘rin olgan uchrashuvlarda hakamlar tomonidan qabul qilingan ba’zi qarorlar futbol muxlislari va mutaxassislar o‘rtasida qizg‘in muhokamalarni keltirib chiqardi.
O‘yinlarda yuzaga kelgan vaziyatlarni tahlil qilish, hakamlar faoliyati mavzusida fikr almashish maqsadida ertaga 15 may kuni soat 11:00da O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida Superliga hakamlari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Ushbu muloqot davomida Superliga so‘nggi turlaridagi o‘yinlar tahlili, hakamlik faoliyatidagi e’tiborga molik jihatlar haqida so‘z boradi. Shuningdek, ochiq muloqot ishtirokchilarining savollariga mutaxassislar tomonidan javob berib o‘tiladi.

Fikrlar