Eshkak eshuvchilarimiz Osiyo chempionatida qatnashadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

24-26 aprel kunlari Xitoyning Xefey shahrida baydarka va kanoëda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.

Qit’amizning eng kuchli eshkak eshuvchilari jam bo‘ladigan mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etishadi.

Ayni paytda sportchilarimiz Xefey shahriga yetib borishdi va musobaqa oldidan so‘nggi tayyorgarlik jarayonini olib borishmoqda. Bellashuvlarda jami 23 nafar sportchi yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!