
Eshli Barti Avstraliyaning 43 yillik orzusini amalga oshirdi
1. (2) Eshli Barti (Avstraliya) - 6540
Avstraliyalik tennischi Eshli Barti Birmingemda erishilgan g‘alaba natijasida dunyoning birinchi raqamli tennischisiga aylandi.
Eshli Xotin-qizlar tennis uyushmasi WTA tomonidan bugun e’lon qilingan reytingda ikkinchni pog‘onadan birinchi o‘ringa ko‘tarilib olgan dunyodagi 27-tennischiga aylandi.
U shuningdek, Avstraliya tennisining 1976 yildan beri saqlanib kelinayotgan rekordini ham yangiladi. Bundan 43 yil avval avstraliyalik tennischi Ivonn Gulagong ikki hafta davomida reytingda birinchi o‘rinni egallab turgandi.
Quyida WTA reytingining kuchli o‘nligi bilan tanishasiz:
2. (1) Naomi Osaka (Yaponiya) - 6377
3. (3) Karolina Plishkova (Chexiya) - 5685
4. (4) Kiki Bertens (Gollandiya) - 5425
5. (6) Anjelik Kerber (Germaniya) - 4685
6. (5) Petra Kvitova (Chexiya) - 4555
7. (8) Simona Xalep (Ruminiya) - 3963
8. (7) Elina Svitolina (Ukraina) - 3868
9. (9) Sloan Stivens (AQSh) - 3682
10. (10) Arina Sobolenko (Belarus) - 3565
Fikrlar