Mbappe etti futbolchini o‘rnini egallaydi

  • 4 mart, 2023, 16:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” xo‘jayin Todd Byoli PSJ hujumchisi Kilian Mbappening transferini uyushtirish borasida bosh qotirmoqda.

Tecno

Mavsum yakunlanishi bilan klub rahbariyati tarkibni tozalashni boshlaydi. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, “aritokratlar” safini kamida 7 nafar o‘yinchi tark etadi. Bu klubga 200 million funt miqdorida mablag‘ tejash imkonini beradi.

Tejab qolingan mablag‘ katta transferlar uchun yo‘naltiriladi. Xususan, klub prezidenti Todd Byoli jamoaga Kilian Mbappe va uning terma jamoadagi sherigi Kristofer Nkunkuni olib kelmoqchi.

Rahbariyat bu ikki frantsiyalik to‘purar yordamida hujum chizig‘idagi muammolarni bartaraf etib, sovrinlar uchun kurashadigan qudratli jamoa tashkil qilmoqchi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!