
"Everton" 5 ta futbolchisini sotadi
"Everton" rahbariyati joriy yozgi transferlar oynasi yopilguniga qadar 5 nafar futbolchini sotib yubormoqchi.
Mirror nashrining yozishicha, Bernard, Gulfi Sigurdsson, Teo Uolkott, Aleks Ivobi va Moyse Kin “irischilar” safini tark etishi mumkin. Mersisaydliklar ushbu futbolchilarni to‘liq sotib yuboradi yoki ijaraga beradi.
“Everton” bunday qarorga kelishiga asosiy sabab, moliyaviy feyr-pley qoidasini buzmaslikdir. Bungacha ular Allan, Xames Rodriges va Abdula Dukure kabi futbolchilarni sotib oldi.
Fikrlar