
"Everton" Frantsiya terma jamoasi a’zosini o‘z safiga qo‘shib oldi
"Monako" klubi himoyachisi Jibril Sidibe faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettiradigan bo‘ldi. Aniqrog‘i, "Everton" klubi uni keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir yilga ijaraga oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Ma’lumot uchun, Sidibe “Monako” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 114ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 21ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Frantsiya terma jamoasi safida esa 18ta o‘yinda ishtirok etib, raqiblari darvozasiga 1ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar