
"Everton" kutilmaganda o‘z maydonida mag‘lub bo‘ldi (video)
Angliya premer-ligasining 34-turida “Everton” o‘z maydonida “Aston Villa”ga qarshi bahs olib bordi.
“Gudison Park”da kechgan o‘yin kutilmaganda 1:2 hisobida mezbonlarning mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Shu kuni Birmingem klubiga g‘alaba keltirgan gollarga Olli Uotkins (13') va Anvar El-Gazi (80') mualliflik qilgan bo‘lsa, “Everton”ning yagona javob golini Dominik Kelvert-Lyuin (19') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar